«PSJ» hujumchi bilan xayrlashishi mumkin

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Gonsalu Ramush joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishi mumkin. Portugaliyalik futbolchining ketishi borasidagi mish-mishlarni insayder Fabritsio Romano tasdiqlab, bunday istiqbolni «to'liq real» deb atadi.
Hujumchi o'yin amaliyoti etishmayotganiga qaramay, bor e'tiborini futbolga qaratgan va «PSJ» uning professionalizmini yuqori baholaydi. Biroq, agar yozda boshqa bir klub futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlasa, tomonlar xayrlashishi mumkin.
Transfermarkt portali Ramushning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi Luis Enrike jamoasi safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.