"Pari Sen-Jermen" vingeri Usmon Dembele Frantsiya terma jamoasi safida jarohat oldi.

"Uch ranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham futbolchini faqat Ukraina terma jamoasi bilan o'yinning tanaffusida maydonga tushirdi, ammo "Oltin to'p"ning potentsial egasini baribir jarohatdan qutqarib qolishning iloji bo'lmadi - u 81-daqiqada almashtirildi. Keyinroq futbolchi tizza osti payining shikastlanishi tufayli terma jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etishi ma'lum bo'ldi.

"PSJ" Dembelening jarohati haqidagi xabarlardan qattiq g'azablandi, deb yozadi Le Parisen. Parij grandi vakillari bir necha bor Frantsiya terma jamoasi murabbiylar shtabidan Usmonni Ukrainaga qarshi o'yinda maydonga tushirmaslikni so'ragan. Desham va uning yordamchilari "PSJ"ning "hurmatsizlik" va "aqlsizlik" deb baholangan iltimoslarni "e'tiborsiz qoldirishdi".