"PSJ" markaziy himoyachisi Lukas Ernandes Chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (5:3) "shporlar" yarim himoyachisi Xavi Simonsning yuziga tirsagi bilan zarba bergani uchun 3 o'yinga UEFA tomonidan diskvalifikatsiya qilingan edi.

Xabarlarga ko'ra, parijliklar bu yuzasidan apellyatsiya bergan va jazo muddati 2 o'yinga qisqartirilgan.

Joriy mavsumda 29 yoshli frantsuz "PSJ" safida jami 14 ta o'yinda 1 ta assist berdi.