"PSJ" futbolchisi: "Yashirmayman, "Betis"ga muxlislik qilaman"

"PSJ" yarim himoyachisi Fabian Ruis faoliyatini "Betis"da yakunlashni orzu qiladi.
"Yashirmayman, men "Betis"ga muxlislik qilaman va qachondir u erga qaytib, faoliyatimni yakunlashni istardim. Lekin, qachonligini bilmayman", - dedi 29 yoshli ispaniyalik futbolchi.
Ruis "Betis" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa safida 59 ta o'yinda 3 ta gol urib, 7 ta assist bergan.