"PSJ" futbolchisi: "Rossiya futbolda to'liq izolyatsiya qilinishi kerak"

Yozda "Bornmut"dan "PSJ"ga o'tgan markaziy himoyachi Ilya Zabarniy Rossiyaning futboldagi xalqaro taqiqiga izoh berdi.
"Mojaro davom etar ekan, men Rossiya futbolini to'liq izolyatsiya qilish tarafdoriman," - dedi ukrainalik futbolchi "Futbol 360" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Parijning top-klubi safida Zabarniy bilan birga Rossiya terma jamoasi posboni Matvey Safonov ham to'p surmoqda.