«PSJ» futbolchilari qiymati so'nggi bir yil ichida 352 million evroga oshdi — CIES

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) ma'lumotlariga ko'ra, «PSJ» yana transfer bozorida etakchi kuchga aylandi. Parij klubi futbolchilari umumiy qiymati so'nggi bir yil ichida 352 million evroga o'sgan.
Bu ko'rsatkich «PSJ»ni «Chelsi»dan (+364 mln evro) keyin ikkinchi o'ringa qo'ymoqda. Bu esa jamoa tarkibining qudrati va futbolchilarining xalqaro bozordagi iqtisodiy jozibadorligini tasdiqlaydi.
Klubga tegishli futbolchilarning umumiy bozor qiymati bo'yicha «PSJ» dunyoda beshinchi o'rinda turibdi — 1,44 milliard evro. Parijliklardan oldin quyidagi klublar joylashgan:
1. «Chelsi» — 1,81 mlrd evro
2. «Real» — 1,68 mlrd evro
3. «Manchester Siti» — 1,49 mlrd evro
4. «Arsenal» — 1,47 mlrd evro
5. «PSJ» — 1,44 mlrd evro
Frantsiya Liga 1 musobaqasining etti turidan so'ng «PSJ» 16 ochko to'plab, turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Shuningdek, klub Chempionlar Ligasidagi dastlabki ikki o'yinda ham g'alaba qozondi.