Hujumchi Bredli Barkolya oktyabr oyida Frantsiya terma jamoasi safida maydonga tushmaydi. Avvalroq, terma jamoa matbuot xizmati Barkolya tizza osti payidan jarohat olganini ma'lum qilgandi. "PSJ" bu xabarga munosabat bildirdi.

"PSJ" Frantsiya futbol federatsiyasining Barkolaning ahvoli haqidagi press-relizidan hayratda. Press-relizdagi ma'lumotlar "PSJ" tibbiy xizmati tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga mos kelmaydi. Shuningdek, klub barcha tomonlar manfaati uchun tibbiy sir saqlanishi kerakligini ta'kidlamoqda," - deya klub xabarini keltiradi L’Equipe.

Barkola o'rniga Frantsiya terma jamoasiga so'nggi marta 2019 yil iyun oyida milliy terma jamoada o'ynagan Florian Toven chaqirildi.