«PSJ» finalda favoritmi? Arteta javob berdi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi finali oldidan favorit haqidagi savolga javob berdi. Bugun «kanonirlar» hal qiluvchi bahsda «PSJ» bilan to'qnash keladi.
«Raqibimiz — turnirning amaldagi g'olibi. Ular so'nggi bor bu kubokni boshlari uzra baland ko'tarishgan, ammo biz uni ulardan tortib olish uchun shu erdamiz», — dedi londonliklar ustozi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi finalda «PSJ» Milanning «Inter» klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi — 5:0.