"PSJ" etakchilaridan biri "Barselona"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi

Xabaringiz bor, "PSJ"ning hujumdagi ikki etakchisi Dezire Due va Usmon Dembele FIFA kunlarida Frantsiya terma jamoasi safida jarohat olgan edi.
Usmon Dembele o'sha o'ng sonidan olgan jarohati sabab 6 haftaga safdan chiqqan va "Barselona" bilan o'yinda (1 oktyabr) ishtirok etmasligi aniq. L'Equipe xabariga ko'ra, Dezire Due boldiridan olgan jarohatini kataloniyaliklar bilan o'yingacha davolashi kutilmoqda.
20 yoshli frantsuz yangi mavsumda 4 ta o'yinda 1 ta assist berdi.