"PSJ" Entso Fernandesga qiziqmoqda

"Chelsi" yarimhimoyachisi Entso Fernandes "PSJ"ga o'tishi mumkin.
L’Equipe xabariga ko'ra, parijliklar argentinalik futbolchini transfer bozoridagi maqsadlari ro'yxatiga kiritgan, ammo uni qishda o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmagan. Entso esa Entso Mareskaning iste'fosidan keyin "Chelsi"dagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda.
Entsoning "Chelsi" bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi APLda 20 ta o'yinda 6 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.