"Oltin to'p-2025" sohibi, Frantsiyaning "PSJ" klubi vingeri Usmon Dembele yakka tartibda mashg'ulot o'tkazishni boshladi. Bu haqda Parij grandi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jarohat tufayli hujumkor yarim himoyachi Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi kechgan bahsda ishtirok eta olmadi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Dembelening transfer narxi 100 million evroga baholanmoqda. Usmon va parijliklar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Frantsiya chempionatining joriy mavsumida vinger 8 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.