«PSJ» darvozaboni «Yuventus» nishonida

«Yuventus» yozgi transfer oynasida darvozabon pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Foot Mercato ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi qiziqish bildirayotgan golkiperlar orasida «PSJ» a'zosi Lyuka Shevale ham bor.
Ma'lumki, Lyuka Shevale «PSJ»dagi ilk mavsumini murakkab o'tkazdi. Shevale mavsumni asosiy darvozabon sifatida boshlagan edi, biroq qishda rossiyalik Matvey Safonovga raqobatda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bir necha hafta oldin matbuotda Shevalening «PSJ»da asosiy darvozabon maqomini Safonovdan qaytarib olish istagi borligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli Lyuka Shevalening transfer qiymatini 25 million evroga baholashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar