«Pari Sen-Jermen» golkiperi Lyuka Shevale boshqa klublarning qiziqishlarini o'ziga jalb qilishda davom etmoqda. PSG Report nashrining Frantsiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, 24 yoshli frantsuz Angliyaning «Aston Villa» klubi radarlariga tushgan.

Yosh darvozabon Birmingem klubida Emiliano Martinesning o'rnini egallashi mumkin. Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, Martines jamoadan ketish haqida jiddiy o'ylab qolgan.

Shevale uchun «PSJ»dagi ilk mavsum muvaffaqiyatsiz kechdi: u asosiy tarkib uchun kurashda Matvey Safonovga yutqazib qo'ydi, mavsum yakunini esa jarohat sababli o'tkazib yubordi. Darvozabon parijliklar safida umumiy hisobda 26 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 28 ta to'p olib chiqdi. Futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi 25 million evroni tashkil etadi.