"PSJ" darvozaboni jamoadagi bosim haqida fikr bildirdi

"PSJ" darvozaboni Lyuka Shevale Telefoot nashriga bergan intervyusida Parij klubidagi bosim haqida gapirdi.
24 yoshli darvozabon yozgi transfer oynasida jamoaga o'tdi. Uning hisobida 17 ta o'yin bor, shundan 7 tasida u darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
"Meni lupa ostida ko'rishyapti.
Bu qanchalik shafqatsiz ekanligini tushunishingiz kerak", - deydi Shevale TV1 telekanalida namoyish etilgan intervyuning tizerida.
Téléfoot yakshanba kuni to'liq intervyuni taqdim etadi.