"PSJ"da "Real" da'vogarlik qilayotgan Vitinya bo'yicha qaror qabul qilindi

"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Vitinya yaqin kelajakda sotilishi dargumon.
25 yoshli futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda, shuningdek, da'vogarlar orasida Angliya Premer-ligasi grandlari ham bor. Shunga qaramay, jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, "PSJ" portugaliyalik yulduz bilan xayrlashmoqchi emas. Parijliklar rahbariyati xavbekni uzoq yillar davomida jamoada olib qolmoqchi. Ayni paytda hech qanday transfer bo'yicha muzokaralar olib borilmayapti.
Transfermarkt portali Vitinyani 110 mln evroga baholamoqda. Futbolchining Frantsiyaning amaldagi chempionlari bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.