"PSJ"da "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotishlar bor

"Pari Sen-Jermen" 1 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida "Barselona" mehmoni bo'ladi.
O'yinga 5 kun qolganda parijliklar mashg'ulotlarida 4 nafar jamoa etakchisi ishtirok etmayapti: Usmon Dembele, Dezire Due, Joau Nevesh va Markinos.
Ularning "Barsa"ga qarshi o'yindagi ishtiroki katta so'roq ostida turibdi.