«PSJ» Chempionlar ligasidagi g'alabadan so'ng tarkibni kuchaytiradi – asosiy maqsadlar ma'lum

«Pari Sen-Jermen» Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi bor zafar quchganidan so'ng tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shanba kuni parijliklar penaltilar seriyasida «Arsenal»ni mag'lub etib, turnirning ikki karra g'olibiga aylanishdi.
Muvaffaqiyatga qaramay, klub yozda tarkibni yangilashni istamoqda: L'Equipe nashriga ko'ra, «PSJ» himoyaning o'ng qanotida o'ynay oladigan yangi markaziy himoyachini izlamoqda. Shuningdek, frantsuz grandiga chap qanot himoyachisi va hujum chizig'iga kamida bitta futbolchi zarur. Agar kimdir sotilsa, maqsadlar ro'yxati yanada kengayishi mumkin.