«PSJ» Chempionlar ligasida bir yo'la uchta rekordni yangiladi

«PSJ» Chempionlar ligasi mavsumi yakunlariga ko'ra bir qator rekordlarni o'rnatdi, deb xabar bermoqda Ginnesning rekordlar kitobi o'z rasmiy sahifasida.
Parijliklar Chempionlar ligasida quyidagi natijalarga erishdi:
-
Bir mavsumda pley-off bosqichida ketma-ket eng ko'p o'yin davomida samarali harakat (gol yoki golli uzatma) qayd etgan o'yinchi — 7 ta o'yin (Xvicha Kvaratsxeliya).
-
Chempionlar ligasi mavsumida eng ko'p uzatmalarni amalga oshirgan futbolchi — 1602 ta uzatma (Vitinya).
-
Bir mavsumda jamoa tomonidan urilgan eng ko'p gollar — 45 ta («Barselona»ning 1999/2000 yilgi mavsumdagi rekordi takrorlandi).
Eslatib o'tamiz, «PSJ» Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ni mag'lub etdi (1:1, penaltilar seriyasida 4:3).