«PSJ» – Chempionlar ligasi g'olibi! Parij klubi finalda «Arsenal»ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasining final uchrashuvi nihoyasiga etdi, unda Frantsiyaning «PSJ» va Angliyaning «Arsenal» klublari to'qnash kelishdi. O'yin Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni bosh hakam sifatida germaniyalik Daniel Zibert boshqarib bordi. O'yin asosiy vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa parijliklar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.
«Arsenal» hujumchisi Kay Xaverts oltinchi daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limning 65-daqiqasida «PSJ» forvardi Usmon Dembele penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida esa «PSJ» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi — 1:1 (4:3 pen.).
Musobaqaning yarim final bosqichida «PSJ» ikki o'yin natijasiga ko'ra Myunxenning «Bavariya» klubini 6:5 hisobida mag'lub etgandi. Londonning «Arsenal» klubi esa yarim finalda ikki uchrashuv yakuniga ko'ra Madridning «Atletiko»sini 2:1 hisobida taslim etgan edi.
UEFA Chempionlar Ligasi. Final
30.05.2026 | 21:00 «Pushkash Arena», Budapesht
"PSJ" — «ARSENAL» — 1:1 (penaltilar bo'yicha — 4:3)
Gollar: Bukayo Saka 54 (0:1), Usmon Dembele 65 (1:1).
Penaltilar seriyasi:
Gonsalu Ramush (1:0) — Viktor Dokeresh (1:1)
Dezire Due (2:1) — Eberechi Eze (2:2)
Nunu Mendesh (3:2) — Deklan Rays (3:3)
Ashraf Xakimi (4:3) — Gabriel Martinelli (noaniq)
Lukas Beraldo (noaniq) — Gabriel Magalyayns (noaniq)
"PSJ": Matvey Safonov, Nunu Mendesh, Vilyan Pacho, Markinos (Ilya Zabarniiy, 105), Ashraf Xakimi, Fabian Ruis (Uorren Zair-Emeri, 95), Vitinya (Lukas Beraldo, 105), Joau Nevesh, Xvicha Kvaratsxeliya (Bredli Barkolya, 83), Usman Dembele (Gonsalu Ramush, 90+6), Dezire Due. Zaxira: Rafael Marin, Dro Fernandes, Lyuka Ernandes, Li Kan In, Senni Meyulyu, Ibrahim Mbaye, Lukas Shevale.
«Arsenal»: David Rayya, Pero Inkapie, Gabriel Magalyayns, Vilyam Saliba, Yerson Moskera (Yurrien Timber, 66), Maylz Lyuis-Skelli (Martin Subimendi, 90), Deklan Rays, Leandro Trossard (Gabriel Martinelli, 83), Martin Edegor (Viktor Dokeresh, 66), Bukayo Saka (Noni Madueke, 83), Kay Xavertts (Eberechi Eze, 90). Zaxira: Kristian Nergor, Maks Douman, Kepa Arrisabalaga, Mikel Merino, Gabriel Jezus, Rikkardo Kalafori.
Ogohlantirishlar: Joau Nevesh (83), Nunu Mendesh (118) — Kay Xavertts (6), Yerson Moskera (46), Deklan Rays (103), Mikel Arteta (103, bosh murabbiy), Viktor Dokeresh (120).