"PSJ" buning uchun bor kuchini ishga soladi

Yakshanba kuni "Barselona" 2025/2026 yilgi mavsumdagi ilk uy uchrashuvini o'tkazadi.
U "Yoxan Kroyf" stadionida bo'lib o'tadi, chunki "Kamp Nou" hali tomoshabinlarni qabul qilishga tayyor emas.
Sport nashriga ma'lum bo'lishicha, yangilangan "Kamp Nou" "Xetafe"ga (21 sentyabr) qarshi navbatdagi uy o'yiniga o'z eshiklarini ochishga tayyor emas.
"Barselona" hozirdanoq bu uchrashuvni "Kroyf" stadionida o'tkazish ustida ishlamoqda, garchi u atigi 6000 muxlisni sig'dira olsa ham.
Rekonstruktsiya qilingan “Kamp Nou”dagi ilk o'yin uchun eng real sana 28 sentabr.
Shu kuni “Barselona” o'z maydonida “Real Sosedad”ni qabul qiladi. 1 oktyabr kuni "Barselona" "PSJ"ni qabul qiladi va Liga 1 giganti ushbu o'yinni "Barsa"ning katta stadionida o'tkazish uchun harkat qilmoqda, deya ta'kidlaydi manba.