«PSJ» Bredli Barkolani 170 million evroga sotmoqchi

«PSJ» vinger Bredli Barkolaning ehtimoliy transferini 170 million evroga baholamoqda. Parij klubi Morgan Rojersning «Chelsi»ga (138 mln evro) va Elliot Andersonning «Manchester Siti»ga (135 mln evro) amalga oshirgan transferlarini o'zi uchun mo'ljal qilib olgan. Bu haqda jurnalist Ben Djeykobs X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar beradi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 170 million evrolik summa Barkolyaning ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida g'alaba qozongani, 2026 yilgi Jahon chempionatida kuchli o'yin ko'rsatgani va uning 23 yoshda ekanini inobatga olgan holda belgilangan. «PSJ» vingeriga qiziqish bildirayotgan «Liverpul» esa narxni tushirishga umid qilmoqda.
Frantsiya giganti bosh murabbiyi Luis Enrike jamoada faqat klubga sadoqatli futbolchilarni ko'rishni istaydi va hech kimga asosiy tarkibdan kafolatlangan o'rin va'da qilmaydi.
Oldinroq jurnalist Fabritsio Romano Barkolyaning 2028 yilning yozida yakuniga etadigan shartnomani uzaytirishdan voz kechgani haqida xabar bergan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar