«PSJ» Bredli Barkola uchun 150 million evro talab qilmoqda

«PSJ» yozgi transferlar oynasida hujumchi Bredli Barkolyani sotishni rejalashtirmayapti, biroq 150 million evrolik taklifni ko'rib chiqishi mumkin, deb xabar beradi L'Equipe.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchiga «Liverpul» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda. «PSJ»ning bunday qat'iy pozitsiyasi tufayli futbolchining kelajagi borasidagi vaziyat yoz oxirigacha cho'zilishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Barkola barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar