«PSJ» boshqa frantsuz klublaridan yaqqol ustun

«PSJ» qatarliklar egalik qilgan davrda 42-sovrinini qo'lga kiritdi.
Luis Enrike jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Shuningdek, joriy mavsumda ular Frantsiya Superkubogi, UEFA Superkubogi, Qit'alararo kubok va Frantsiya chempionatida (Liga 1) zafar quchishdi.
2011/2012 yilgi mavsumdan boshlab, ya'ni Qatar investorlari qo'liga o'tganidan buyon «Pari Sen-Jermen» jami 42 ta sovrinni qo'lga kiritdi (ularning 38 tasi Frantsiyada). Shu vaqt mobaynida qolgan barcha frantsuz klublari jami 15 ta g'alabaga erishgan, xolos. Ulardan faqat «Lill» va «Lion»gina bir necha marta (ikki martadan) sovrindor bo'la olgan.