"PSJ" "Bolonya" hujumchisi Chiro Immobileni sotib olishni rejalashtirmoqda. Uch haftadan so'ng 36 yoshga to'ladigan hujumchi frantsuz klubiga mutlaqo tekinga o'tishi mumkin.

Italiyalik futbolchining "Bolonya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Shu tariqa u yozda erkin agentga aylanadi.

Agar "PSJ" uni hozir sotib olmoqchi bo'lsa, ikki million evro to'lashi kerak bo'ladi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar allaqachon yakuniy bosqichda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.

Futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishilgach, u tibbiy ko'rikka boradi.