Yaqindagina ispaniyalik iqtidorli yarim himoyachi Dro Fernandes "Barselona"dan 8 million evro evaziga "PSJ"ga ko'chib o'tgan edi.

Le Parisen nashrining qayd etishicha, 18 yoshli futbolchi "PSJ" U-21 jamoasiga o'tkazilgan.

Parijliklar rahbariyati "Barselona" ularni o'yinchining "sifati" va "etukligi" borasida aldagan, deb hisoblamoqda.