"PSJ" "Barselona" bilan "Kamp Nou"da o'ynamoqchi.

Diario Sport nashrining ta'kidlashicha, parijliklar 1 oktyabrga belgilangan uchrashuvni "blaugranlar"ning asosiy stadionida o'tkazishga harakat qilmoqda.

Kataloniyaliklarning fikricha, eng real variant - "Kamp Nou"ni 28 sentyabr kuni "Sosedad"ga qarshi o'yin bilan ochish. Bu o'yin Chempionlar Ligasida "PSJ"ga qarshi o'yin oldidan o'ziga xos sinov bo'lishi kerak.

Ungacha "Barselona" 6 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Estadi Johan Cruyff" stadionida to'p suradi.