"PSJ" "Barsa" yarim himoya yulduzi uchun 55 million evro to'lashga tayyor

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "PSJ" e'tiborini tortdi.
Sport nashri xabariga ko'ra, parijliklar 28 yoshli futbolchi transferi uchun yozda 55 million evro taklif qilishga tayyor.
De Yongning kataloniyaliklar bilan 2029 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor. Transfermarkt uni 45 million evroga baholamoqda.