"Barselona" markaziy himoyachisi Erik Garsiya faoliyatini Frantsiya grandida davom ettirishi mumkin.

SPORT nashri xabariga ko'ra, "PSJ" 24 yoshli ispaniyalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirish jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda. Agarda tomonlar kelisha olmasa, parijliklar Erikka qulay shartnoma taklif qilishga tayyor.

Garsiya 2021 yilda "Manchester Siti"dan erkin agent sifatida klubga kelgandi. U hozirda Transfermarkt portalida 18 million evroga baholanmoqda.