Qanot hujumchisi Bredli Barkola katta ehtimol bilan shu yozda jamoani tark etadi.

Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, parijliklar o'z futbolchisini kamida 70 million evroga sotishlariga ishonishmoqda. Frantsuzning xizmatlari allaqachon «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Barselona» klublariga taklif qilingan. Biroq ayni damda Barkola uchun kurashda «Bavariya» favorit bo'lib turibdi.

2025/26 yilgi mavsumda vinger barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. Bundan tashqari, 23 yoshli frantsuz o'z hisobiga ettita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Barkolaning Frantsiya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz