"PSJ" "Atletik"ga qarshi EChL o'yinida ham rossiyalik posbonga tayanadi

Lyuka Shevale "Atletik" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
"PSJ" seshanba kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida Bilbaoda o'ynaydi.
Parijliklarning asosiy darvozaboni "Monako"ga qarshi o'yinda (0:1) jarohat olgan o'ng oyog'ining to'pig'ida hamon "og'riq"ni his qilmoqda, deb yozadi Le Parisien.
Avvalroq, frantsiyalik futbolchi Liga 1ning 15-turidan o'rin olgan "Renn"ga (5:0) qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi. Rossiyalik Matvey Safonov ushbu mavsumda klub safida ilk o'yinini o'tkazdi.
Le Parisien xabariga ko'ra, Safonov yana birinchi darvozabon sifatida maydonga tushadi, chunki Shevale bo'lajak o'yingacha to'liq tiklanib olishi dargumon.