«PSJ» «Aston Villa»ga 7 million evro to'laydi

Jurnalist Bruno Salomon o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qilishicha, «PSJ» «Aston Villa» himoyachisi Lyuka Din transferi uchun 7 million evro to'laydi.
Manbaga ko'ra, Frantsiya terma jamoasining 33 yoshli a'zosi transferi bo'yicha rasmiy tasdiq yaqin kunlarda kutilmoqda.
Avvalroq Din 2013 yildan 2016 yilgacha «PSJ» sharafini himoya qilgan, shundan so'ng 16,5 million evro evaziga «Barselona»ga o'tgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda Din barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCh-2026 da esa u 6 ta o'yinda maydonga tushib, natijali harakatlar bilan ajralib turmadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar