Kataloniyaning "Barselona" klubi ispaniyalik vingeri Lamin Yamal "PSJ" e'tiborida bo'lib turibdi. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Parij grandi 18 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi va 350 million evrolik taklif tayyorlamoqda. "PSJ" Laminga asr transferi sifatida qaramoqda.

Joriy mavsumda Lamin Yamal klub miqyosida barcha musobaqalarda ettita o'yinda maydonga tushib, uchta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt veb-portali futbolchining narxini 200 million evroga baholamoqda.