Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Martinelli «tumanli Albion»ni tark etib, faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Braziliyalik futbolchining transferiga UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi — «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Parij grandi rahbariyati Martinellining o'tishini shu yozgi transfer oynasida amalga oshirishni rejalashtirgan.

24 yoshli braziliyalik futbolchi 2019 yilning yozidan buyon London jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Gabrielning bozor qiymati 45 million evroga baholanmoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. APLning joriy mavsumida Martinelli 26 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.