«PSJ» «Arsenal» yarim himoyachisini 150 million evroga sotib olishga tayyor

Londonning «Arsenal» klubi safida to'p suruvchi hujumkor yarim himoyachi Bukayo Saka faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goals Zone jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, ingliz vingerini o'z safiga qo'shib olishga qatorasiga ikki mavsumdan beri UEFA Chempionlar ligasida g'olib chiqayotgan Frantsiyaning «PSJ» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Parij grandi rahbariyati Sakaning transferi uchun katta mablag' sarflashga tayyor. Liga 1 chempioni futbolchi uchun taxminan 150 million evro taklif qilmoqchi.
Yakunlangan mavsumda Bukayo «kanonirlar» libosida 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o'z hisobiga 11 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.