«Pari Sen-Jermen» «Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupini o'z tarkibiga qo'shib olishni maqsad qilgan.

PSG Report xabariga ko'ra, parijliklar agar «giloschilar» futbolchining narxini hozirgi 100 million evrodan 80–85 million evrogacha tushirishsa, ushbu frantsiyalik futbolchi bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor. «PSJ» murabbiyi Luis Enrike 20 yoshli futbolchining iste'dodini yuqori baholaydi va uni o'z jamoasida Yan Diomande hamda klub bilan bog'lanayotgan boshqa qimmatbaho o'yinchilardan ko'ra ko'proq ko'rishni istaydi.

Eli Junior Krupi xizmatiga «Tottenxem», «Arsenal», «Chelsi» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirmoqda. O'tgan Premer-liga mavsumida yosh hujumchi «Bornmut» safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Manba: Stadion.uz