Proliga: Qashqadaryo derbisida «Sho'rtan» g'alaba qozondi

Bugun futbol bo'yicha mamlakat Proliga musobaqasining 4-turi doirasida viloyat derbisi bo'lib o'tdi. Qarshi shahridagi «Geolog» stadionida kechgan bahsda «Lochin» jamoasi G'uzorning «Sho'rtan» klubini qabul qildi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yinning 45-daqiqasida Yuriy Klochkov hisobni ochgan bo'lsa, 60-daqiqada Beka Kharshiladze g'uzorliklarning ustunligini mustahkamladi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida, ya'ni 83-daqiqada «Lochin» a'zosi Javohir Hasanov javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi, biroq bu mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Proliga. 4-tur
«Lochin» – «Sho'rtan» – 1:2
Gollar: Javohir Hasanov (83) — Yuriy Klochkov (45), Beka Kharshiladze (60).
«Lochin»: A.Rahimov, Sh.Abdivayitov, B.Rahmatov, A.Lutfullaev, S.O'rinboev, J.Shermatov, N.Mukarov, A.Oxtoev, S.Saidov, I.Alijonov, E.Otaqulov.
«Sho'rtan»: N.Ziyavutdinov, I.Shayqulov, Yu.Klochkov, Sh.Nuriddinov, M.Abdurahmonov, L.Barabadze, B.Xarshiladze, G'.Qodirov, A.Mamatxo'jaev, M.Jumaev, B.Suvonov.