Bugun muxlislar 2 ta uchrashuvga guvoh bo'lishadi. Samarqandda "Kattaqo'rg'on" "Lochin"ni mehmon qiladi. Soat 15:00 da start oladi. Kunning ikkinchi bahsi esa Qoraqalpoq derbisi bo'ladi. Unda "Aral" va "Jayxun" o'zaro bahs olib boradi. To'qnashuv soat 16:00 ga belgilangan. Ushbu bahsda "Aral" jamoasi mag'lub bo'lmasa, turnir yakuniga 3 tur qolganida muddatdan avval Superliga yo'llanmasini naqd qilishadi.

18 oktyabr

“Kattaqo'rg'on” – “Lochin”

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Oybek Boboev, Sardor Hasanboev

Nazoratchi: Qahramon Yo'ldoshev

Komissar: Diyor Xotamqulov

“Aral” – “QMU Jayxun”

Bosh hakam: Muhammadali Baxtiyorov

Yordamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Duschanov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Sanjar Zaripov