Pro-liga. «Aral» «Olimpik»ni engib, 1-o'ringa ko'tarildi

Pro-liga 14-turida «Aral» Nukusda «Olimpik»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Natijada Ne'matillo Qutiboev jamoasi 31 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. «Olimpik» esa 6 ochko to'plagan holda so'nggi o'rinni egallagan.
Pro-liga. 14-tur
«Aral» - «Olimpik» 3:1
Gollar: Izzatillo Abdulhaqov (15), Zulpuqar Kuanishbaev (45+1), Bobur Farhodov (88) — Diyorbek Tojiev (90+5)