Bugun «Andijon» jamoamiz Superliganing 13-turi doirasida Toshkentda «Lokomotiv»ga qarshi maydonga tushadi.

«Burgutlar»ning «Temiryo'lchilar»ga qarshi o'yinlar statistikasi shundayki, jamoalar chempionatda hozirga qadar 28 marotaba bellashishgan. «Andijon»da 5, «Lokomotiv»da 19 g'alaba mavjud. 4 ta o'yinda kuchlar teng kelib qolgan. To'plar nisbati 28:55 «Loko» foydasiga.

Bu jamoalar oxirgi marta 2024 yili to'qnashishgan. Avvaliga birinchi davrada Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda «Andijon» 2:1 hisobida g'alaba qozonib qaytgan. Gollarga "temiryo'lchilar"dan Islom Mamatkazin va Shahrom Samiev mualliflik qilgan. Raqib jamoadan Sardor Abdunabiev to'p kiritgan.

Ikkinchi davrada Andijonda o'tkazilgan uchrashuvda esa 2:1 hisobida mehmonlarning qo'li baland kelgan.

2025 yilgi mavsumda esa bu klublar maydonda raqib sifatida duch kelishgani yo'q. Boisi, «Lokomotiv» Pro ligada ishtirok etdi va bu yildan yana Superligaga qaytdi.

«Lokomotiv» – «Andijon» o'rtasidagi o'yin bugun, soat 20:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz