Adrien Raboga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda.

"Marsel" yarim himoyachisining atrofidagilar bilan "Tottenxem" va "Aston Villa" aloqada bo'lgan, deb xabar bermoqda jurnalist Fabris Xokins. Avvalroq Raboning vakillari bilan "Milan" bog'langani ma'lum bo'lgandi.

Qayd etilishicha, ayni damda manfaatdor klublarning hech biri "Marsel" bilan aloqaga chiqmagan.

Eslatib o'tamiz, "Marsel" Raboni kiyinish xonasida Jonatan Rou bilan to'qnashuvdan so'ng transferga qo'ygan edi. "Marsel" 15 million evro olishni istayotgani xabar qilingandi.