Angliya Premer-ligasida noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Sovrinni "Chelsi" ustozi Entso Mareska qo'lga kiritdi.

O'tgan oyda "Chelsi" Premer-ligada 4ta o'yin o'tkazdi. Ularda Mareska jamoasi bir durang bilan uchta g'alabaga erishdi.

Jamoaning bu davrdagi natijalarini quyida keltiramiz:

"Tottenxem" - "Chelsi" 0:1;

"Chelsi" - "Vulverxempton" 3:0;

"Byornli" - "Chelsi" 0:2;

"Chelsi" - "Arsenal" 1:1.

Ko'rib turganimizdek, "Chelsi" noyabr oyidagi chempionatning to'rtta o'yinida atigi bitta gol o'tkazib yubordi.

Ayni paytda "Chelsi" Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Mareska jamoasi keyingi o'yinni 13 dekabr kuni o'z maydonida "Everton"ga qarshi o'tkazadi.