Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Jahon chempionati yo'llanmasi uchun o'tish o'yini (pley-off) yarim finali oldidan ba'zi futbolchilarning holati yuzasidan xavotir bildirdi. Shvetsiyaliklarning raqibi Ukraina bo'ladi, uchrashuv 26 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da boshlanadi.

«Villiot Svedberg va Gustav Lundgren bilan nima bo'lishini kutishimiz kerak. Asosiy masala shundaki, Lundgren etarlicha mashg'ulot o'tkazdimi va maydonga tusha oladimi?» — deya Potterning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Hozirda Shvetsiya FIFA reytingida 42-o'rinni, Ukraina esa 30-o'rinni egallab turibdi.