Shvetsiya futbol federatsiyasi terma jamoaga yangi bosh murabbiy qidirmoqda, deb xabar beradi Expressen.

Manbaga ko'ra, Yon-Dal Tomasson o'rniga Grem Potter kelishi mumkin. U asosiy da'vogar bo'lib, tomonlar yaqin kelajakda muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Potter sentyabr oyida "Vest Xem"dan iste'foga chiqarilganidan beri erkin agent bo'lib qolmoqda. 2011 yildan 2018 yilgacha Potter Shvetsiyada "Estersund" murabbiyi sifatida ishlagan.

Agar 50 yoshli ingliz bilan kelisha olmasa, Shvetsiya futbol federatsiyasi boshqa nomzodlarga o'tadi.

JCh-2026 saralashi yakunlanishiga 2 tur qolganida Shvetsiya terma jamoasi 1 ochko bilan B guruhida so'nggi o'rinni egallab turibdi.