Shvetsiya bosh murabbiyi Grem Potter Shveytsariyadan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

Jahon chempionati saralash o'yini 4:1 hisobida yakunlandi.

Shvetsiya o'z guruhida oxirgi o'rinni egalladi, ammo Millatlar Ligasidagi natijalari tufayli pley-offga chiqish uchun kurashishda davom etadi.

"Bu qiyin natija edi. Shveytsariya o'yinni yaxshi boshladi. Biz yaxshi o'ynadik va ajoyib gol urdik. Keyin bizda hisobni 2:1 qilish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Raqibning ikkinchi goli qo'pol xato tufayli sodir bo'ldi", dedi Potter.