Ange Postekogluning "Nottingem"dagi kelajagiga "Nyukasl" bilan o'yin ta'sir qilishi mumkin.

Avvalroq, avstraliyalik mutaxassis "Nottingem Forest" bilan 100 yil ichida dastlabki 6 o'yinda g'alaba qozona olmagan ilk murabbiyga aylangandi. Nunu Eshpiritu Santu o'rniga bosh murabbiy bo'lgan mutaxassis jamoasi ikki marta durang o'ynab, to'rt marta mag'lubiyatga uchradi.

Postekoglu "Nottingem Forest" rahbariyatining qo'llab-quvvatlashini saqlab qolmoqda, ammo muvaffaqiyatsiz startdan so'ng unga bosim kuchaymoqda, deb yozadi BBC.

Jamoa muxlislarining bir qismi payshanba kuni Evropa Ligasida o'z maydonida "Mityulland"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (2:3) murabbiyga qarata "Ertalab seni ishdan bo'shatishadi" deya hayqirishdi.

Ammo klub rahbariyati yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Nyukasl"ga qarshi APL o'yini oldidan hamon Postekogluni qo'llab-quvvatlamoqda. Shunday bo'lsa-da, bu o'yin "Forest"ning 60 yoshli mutaxassisning kelajagi borasidagi pozitsiyasiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi ehtimoli bor.