Postekoglu yangi klubni boshqarishi mumkin

"Tottenxem" va "Nottingem Forest" klublarining sobiq ustozi Ange Postekoglu Shotlandiyaning "Seltik" klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Manbaga ko'ra, yaqin vaqt ichida "Seltik" Postekoglu bilan bog'lanib, uning klubga qaytishga qiziqishi bor-yo'qligini bilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Postekoglu 2021-2023 yillarda "Seltik"da ishlagan. Avvalroq jamoa boshqaruvchisi lavozimini Brendan Rojers tark etgandi.
"Seltik" 9 turdan so'ng Shotlandiya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 17 ochko mavjud.