Postekoglu uchun "Nyukasl"ga qarshi o'yin eng muhimi bo'ladi

"Nottingem Forest" jamoasi bosh murabbiyi Anje Postekoglu ishini yo'qotishi mumkin, deb xabar beradi Times Sport.
Manbaga ko'ra, "Nottingem Forest" bo'lajak "Nyukasl"ga qarshi o'yinda mag'lub bo'lsa, Postekogluning pozitsiyasi xavf ostida qoladi.
Postekoglu sentyabr oyi boshida Nunu Eshpiritu Santu o'rniga "Forest" klubi boshqaruviga kelgan edi.