Ange Postekoglu "Nottingem" bilan 8 o'yinda biror marta g'alaba qozona olmadi.

"Nottingem Forest" APL 8-turida o'z maydonida "Chelsi"ga yutqazib qo'ydi (0:3).

Ange Postekoglu klub tarixida sakkizta o'yinda g'alaba qozona olmagan birinchi murabbiyga aylandi. Mutaxassis hisobida 2 durang va 6 mag'lubiyat bor.

Postekoglu "Nottingem"ni sentyabr oyida Nunu Eshpiritu Santu o'rniga qabul qilib olgandi.

Ayni paytda jamoa 8 o'yinda 5 ochko to'plagan holda APL jadvalida 17-o'rinda bormoqda.

"Nottingem" mavsumni 23 oktyabr kuni Evropa Ligasida "Portu"ga qarshi o'yin bilan davom ettiradi.