Londonning «Tottenxem» klubi sobiq bosh murabbiyi Ange Postekoglu «Manchester Yunayted»ni dunyodagi ishlash eng qiyin bo'lgan klub deb atadi.

Uning so'zlariga ko'ra, bunga asosiy sabab — jamoa doimiy ravishda duch keladigan haddan tashqari yuqori bosimdir.

«Murabbiy sifatida yiliga 100 ta matbuot anjumaniga bardosh bera oladigan, 10 ta o'yinda g'alaba qozonib, bittasida mag'lub bo'lsa-yu, o'sha yagona mag'lubiyat uchun «tilka-pora» qilinishiga tayyor turadigan inson kerak», — dedi mutaxassis ESPN’ga bergan intervyusida.

2024/2025 yilgi mavsumda Postekoglu boshchiligidagi «Tottenxem» finalda «Manchester Yunayted»ni mag'lub etib, Evropa Ligasi g'olibiga aylangan edi. Hozirda «MYu» bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik Maykl Karrik bajarmoqda.