Postekoglu: "Futbolchilarning harakatlari bilan faxrlanaman"

"Nottingem Forest" ustozi Ange Postekoglu Evropa Ligasi doirasida "Betis"ga qarshi kechgan durangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 24 sentyabr kuni Sevilyada bo'lib o'tgan va 2:2 hisobida yakunlangandi.
"Futbolchilarning harakatlaridan faxrlanaman. Bu og'ir yo'l, murakkab sharoitlar - juda charchatadigan yuqori namlik va maydonning holati. Birinchi bo'limda futbolimiz ba'zan zo'r edi. Ta'na qilish mumkin bo'lgan yagona narsa - biz o'yinga nuqta qo'ya olmadik. Ikkinchi bo'limda ko'proq himoyalanishga to'g'ri keldi, ammo men haqiqiy xavfni his qilmadim," - dedi murabbiy o'yindan so'ng.